» » Buyuk Britaniyada COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat bahordagi ko‘rsatkichga qaytmoqda. Hukumat qishda vaziyat undan ham og‘irroq bo‘lishidan ogohlantirmoqda

Buyuk Britaniyada COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat bahordagi ko‘rsatkichga qaytmoqda. Hukumat qishda vaziyat undan ham og‘irroq bo‘lishidan ogohlantirmoqda


Buyuk Britaniyada koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yana yomonlashdi. Reuters’ning xabar berishicha, bu haqda mamlakat bosh sanitar shifokori Kris Uitti ma’lum qildi. Bu xabarni The Telegraph ham tasdiqlagan.

“Buyuk Britaniyadagi tendensiya noto‘g‘ri yo‘nalishda ketilayotganidan dalolat bermoqda va biz pandemiyaning keskin pallasidamiz. Juda qiyin qish arafasida virus tarqalishini qanday qilib nazoratga olishni aniqlash uchun statistikani kuzatyapmiz”, — deya uning so‘zlarini keltirmoqda agentlik.

Reuters’ning qayd etishicha, Buyuk Britaniyada kasallik tarqalishi butun mamlakat bo‘ylab karantin joriy etilganidan so‘ng kamaya boshlagan, biroq qat’iyroq choralar bekor qilinganidan keyin va kompaniyalar hamda ta’lim muassasalari ishi tiklanganidan so‘ng yangi kasallanish holatlari yana orta boshlagan.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 396,7 ming kishi koronavirusga chalingani qayd etilgan, ularning 41,8  ming nafari vafot etgan. Mamlakatda kasallanishning avj nuqtasi mart-aprel oylarida kuzatilgan bo‘lib, kuniga 5 mingdan ortiq holat aniqlangan.

May oyida esa, qat’iy karantin joriy etilganidan so‘ng kasallanish holatlari soni kamaya boshlab, iyun oyida eng past ko‘rsatkich qayd etilgan. Kunlik kasallanish holatlari soni 400 kishidan oshmagan. Biroq avgust oyida yana ko‘tarilib, may oyi boshlaridagi ko‘rsatkichga yetgan. 19-sentabr kuni mamlakatda 4,4 ming kishidan ortiq COVID-19’ga chalingani qayd etilgan.

Telegraph’ning yozishicha, mamlakatda epidemiologik vaziyat rivojlanishning keskin nuqtasiga yetayotgani haqida bosh sanitar shifokor Kris Uitti hukumatning bosh ilmiy maslahatchisi bilan birga tez orada nutq so‘zlaydi. Bosh vazir Boris Jonson ham “so‘nggi ogohlantirish” bilan chiqish qiladi. Hukumatdagi manbaga ko‘ra, bosh vazir britaniyaliklarni xavfsizlik  choralariga rioya qilish va kasallanishni kamaytirish mamlakat bo‘ylab yangi karantin joriy qilishdan saqlanishning yagona yo‘li ekanligi haqida ogohlantiradi.

Avvalroq Jonson COVID-19’ning ikkinchi to‘lqini muqarrarligini aytgandi. “Biz hozir ikkinchi to‘lqin yaqinlashayotganini kuzatyapmiz. Buni Fransiyada, Ispaniyada, butun Yevropada ko‘rdik. Bu bizning mamlakatda ham kuzatilishi muqarrar ekanligidan qo‘rqaman”, — degan u va Buyuk Britaniyada ikkinchi lokdaun e’lon qilib iqtisodiyotni to‘xtatishni istamasligini qo‘shimcha qilgan.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют