» » Buyuk Britaniyada birinchi marta koronavirusdan o‘lim holati qayd etildi

Buyuk Britaniyada birinchi marta koronavirusdan o‘lim holati qayd etildi


Buyuk Britaniyada koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etildi, deb xabar bermoqda The Guardian Qirollikning Berkshir kasalxonasi ma’lumotiga tayanib.

“RBK”ning yozishicha, u 70 yoshdan oshgan ayol bo‘lib, mamlakat bosh vaziri Boris Jonson uning yaqinlariga taziya bildirgan.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniyada virusdan kasallanganlar soni 115 kishiga yetgan. Kamida 8 kishi chet elga chiqmasdan turib kasallangan. 2020-yil 5-mart holatiga ko‘ra, Britaniyada bir sutka ichida koronavirusga chalingan bemorlar soni 30 taga ko‘paygan.

O‘tgan bir sutka ichida Xitoydan tashqarida 2,1 ming kishi koronavirus yuqtirib oldi. JSST koronavirus Xitoydan tashqari dunyoning 85 mamlakatida tarqalganini e’lon qildi

Avval Buyuk Britaniyaning Flybe aviakompaniyasi koronavirus tarqalishi sabab inqirozga uchragani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют