» » Buyuk Britaniya hududida koronavirusga chalinishning birinchi holati qayd etildi

Buyuk Britaniya hududida koronavirusga chalinishning birinchi holati qayd etildi


Buyuk Britaniya hududida koronavirusga chalinishning birinchi holati qayd etildi, mamlakatda infeksiyani chetdan yuqtirish orqali kasallanganlar soni 20 kishiga yetdi. Bu haqda Guardian’ga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Britaniyaning Surrey grafligidan bo‘lgan erkak mamlakat hududida koronavirus bilan kasallangan birinchi bemor bo‘ldi. U infeksiyani chet eldan qaytganlardan biri bilan to‘g‘ridan to‘g'ri yoki bilvosita aloqa qilish orqali yuqtirganmi, yo‘qmi, hozircha noma’lum.

Bu holat aniqlanayotgan bo‘lib, bemor erkak milliy sog‘liqni saqlash xizmatining ixtisoslashgan yuqumli kasalliklar markaziga yuborilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 85 ming kishidan oshib ketdi. JSST koronavirusning global xavfi darajasini “juda yuqori” deb baholadi.

Xitoyda koronavirus tufayli vafot etgan odamning jasadi yorib tekshirildi va kasallikning asosan nafas yo‘llariga ziyon keltirishi aniqlandi.

Mavzuga doir: AQSh aprel oxirigacha koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют