» » Xitoyda koronavirus tufayli vafot etgan odamning jasadi yorib tekshirildi

Xitoyda koronavirus tufayli vafot etgan odamning jasadi yorib tekshirildi


Xitoyda koronavirus tufayli vafot etgan odamning jasadi yorib tekshirildi va kasallikning asosan nafas yo‘llariga ziyon keltirishi aniqlandi. Professor Liu Liangning hisobotida bu haqda batafsil ma’lumot berilgan, deb yozmoqda Global Times.

85 yoshli sobiq bemor yanvar oyida ishemik serebral insult tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan, 13 kun o‘tib unda koronavirus borligi aniqlangan, oradan yana 15 kun o‘tgach esa vafot etgan. Yorib ko‘rish ishlari o‘limidan 12 soat o‘tgach amalga oshirilgan.

Mavzuga doir: 

Jarayonda koronavirus keltirib chiqargan kasallik ichki nafas olish organlari va o‘pka yo‘llaridagi alveolalarga zarar keltirishi aniqlandi. Kasallikning patologik o‘zgarishlari SARS (og‘ir respirator o‘tkir sindrom, atipik pnevmoniya) va MERS (Yaqin Sharq respirator sindromi) infeksiyalariga o‘xshash ekani, biroq ekssudativ reaksiya SARS’ga nisbatan tezroq ko‘zga tashlanishi ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir: 

Xitoy sog‘liqni saqlash komissiyasining ma’lumoti bo‘yicha 28-fevral holatiga XXRda 78,8 ming nafar odamda kasallanish holati qayd etilgan. Butun dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni esa 83,2 ming nafar, 2858 nafar odam kasallikdan vafot etgan. JSST ma’lumotiga ko‘ra 82,2 ming odam koronavirusga chalingan. Xitoy hukumati 36,1 ming nafar bemorning kasallikdan tuzalganini xabar qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют