» » Luis Suares “Barselona”ni tark etadigan bo‘ldi. U Madrid klubiga o‘tishi mumkin

Luis Suares “Barselona”ni tark etadigan bo‘ldi. U Madrid klubiga o‘tishi mumkin


“Barselona” hujumchisi Luis Suares yaqin orada katalon klubini tark etishi mumkin.

RAC1 nashrining xabar qilishicha, “Barselona” va Suares shartnomani bekor qilish borasida o‘zaro kelishuvga erishgan. Urugvaylik futbolchi klub rahbariyati bilan uchrashuvda kelishuvni bekor qilish uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan kompensatsiyadan voz kechishini ma’lum qilgan.

Avvalroq Luisni qo‘lga kiritishga asosiy da’vogar sifatida “Yuventus” klubi ko‘rsatilgandi, biroq keyinchalik mazkur transfer amalga oshmasligi xabar qilindi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Suares Madridning “Atletiko”siga yo‘l oladi.

Suares “Barselona”da 2014-yildan buyon to‘p surib keladi. Katalon klubi uni “Liverpul”dan sotib olgandi.

2019/20-yilgi mavsumda hujumchi klub miqyosida 36 o‘yin o‘tkazib, 21 gol va 10 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют