» » Ronald Kuman Luis Suaresga qo‘ng‘iroq qilib, uning xizmatlariga muhtoj emasligini aytdi

Ronald Kuman Luis Suaresga qo‘ng‘iroq qilib, uning xizmatlariga muhtoj emasligini aytdi


“Barselona” hujumchisi Luis Suares yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

RAC1 radiosining xabar qilishicha, “Barselona” yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman futbolchiga qo‘ng‘iroq qilgan va yangi mavsumda unga umid bog‘lamayotganini aytgan.

Suares mavsumoldi yig‘inlarining sanasi borasida haligacha jamoadan ma’lumot olmagan.

Yaqin orada “Barselona” yuristlari futbolchining agentlari bilan uchrashuv o‘tkazadi va 2021-yilga qadar mo‘ljallangan shartnomani bekor qilishga urinib ko‘radi.

Avvalroq Suares sobiq jamoasi “Ayaks”ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar yangragandi. Shuningdek, katalon klubi Luisni Donni van de Bek transferiga qo‘shmoqchi bo‘lgani, biroq urugvaylik futbolchi bu taklifni rad etgani aytilgandi.

“Barselona” 2014-yilda Suaresni “Liverpul”dan sotib olgandi. Futbolchi iyul oyida “Barselona” safidagi 195-golini urgan va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida uchinchi o‘ringa ko‘tarilgandi.

Suares La Liga 2019/20-yilgi mavsumida 28 o‘yin o‘tkazib, 16 gol va sakkizta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют