» » Luis Suares va Arturo Vidalni sotish “Barselona”ning asosiy maqsadiga aylandi

Luis Suares va Arturo Vidalni sotish “Barselona”ning asosiy maqsadiga aylandi


“Barselona” yozgi transfer oynasi vaqtida hujumchi Luis Suares va yarim himoyachi Arturo Vidalni sotib yuborish niyatida.

Ivan Rakitichning “Sevilya”ga o‘tishi aniq bo‘lgach, katalon klubi uchun Suares va Vidalning transferi asosiy maqsadga aylandi, deya xabar qilmoqda Mundo Deportivo jurnalisti Fransesk Agilar.

“Barselona” Suaresni “Yuventus”ga, Vidalni esa “Inter”ga sotish istagida.

Shuningdek, “ko‘k-anorranglilar” markaziy himoyachi Samyuel Umtitini ham transferga qo‘ygan, biroq hech qaysi klub futbolchining yuqori maoshi sabab unga qiziqish bildirmayapti.

Urugvaylik forvard La Liga 2019/20-yilgi mavsumida 28 o‘yin o‘tkazib, 16 gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Vidal hisobida esa 33 o‘yinda 8 ta gol va ikkita assist bor.

Mavzuga doir: “Barselona” shartnoma muddatidan avval bekor qilinsa, Luis Suaresga qancha tovon puli to‘lashi ma’lum bo‘ldi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют