» » Bollivud yulduzlarining filmlarni suratga olishda foydalanilgan hashamatli uylari (foto)

Bollivud yulduzlarining filmlarni suratga olishda foydalanilgan hashamatli uylari (foto)


Bollivud yulduzlarining uyi, ayniqsa, Shoxruh Xon, Salmon Xon va Saif Ali Xonlarning uylari arxitekturasi, o‘ziga xosligi bilan yaxshi ma’lum. San’at vakillarining uylari rejissorlar e’tiboridan ham chetda qolmaydi va ayrim filmlarda yulduzlarning istiqomat qiladigan uylarini ham ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Shohruh Xonning “Mannat” villasi “Muxlis” filmida (2016-yil)

Mazkur film aktyor Aryan Khannaning ashaddiy muxlisi haqida hikoya qiladi. Filmdagi ba’zi sahnalarda, masalan, omma to‘plangan kadrda Mannatni ko‘rish mumkin.

Filmda uy oldida to‘plangan odamlar esa Shoxruh Xonning muxlislari va ular filmda suratga tushgani uchun pul to‘lanmagan. Bollivud yulduzining muxlislari sevimli kumirini uzoqdan bo‘lsa ham ko‘rish uchun tez-tez uning uyi oldida to‘planib turadi.

Amitabx Bachchanga qarashli “Pratiksha”, “Bombey suhbatlari” filmida (2013-yil)

Pratiksha, Amitabx Bachchanga qarashli Mumbaydagi beshta uydan biri hisoblanadi. The Times Of India ma’lumotlariga qaraganda, mazkur uy aktyor xarid qilgan eng birinchi ko‘chmas mulk hisoblanadi.

Unda Amitabx, otasi Harivansh Ray Bachchan va onasi Teji Bachchan bilan birga yashagan. Ayni vaqtda aktyor Pratiksha joylashgan hududdagi Jalsada yashashiga qaramay, u va oilasining boshqa a’zolari Pratikshaga tez-tez borib turadi. “Bombey suhbatlari” filmining Anurag Kashyap tomonidan suratga olingan qismida Pratikshani qisman ko‘rish mumkin.

Karan Joharning uyi “Bombey suhbatlari” filmida

Mazkur filmning birinchi qismi Karan Johar tomonidan suratga olingan va unda rejissorning hashamatli pentxausini ko‘rish mumkin.

Filmda Joharning uyi Rani Mukerji va Randip Hudaning uyi sifatida ko‘rsatilgan.

Saif Ali Xonning Pataudadagi saroyi “Vir va Zara” filmida (2004-yil)

Hind kinosanoatining eng yaxshi filmlaridan biri bo‘lgan “Vir va Zara” da kuylangan Main Yahaan Hoon qo‘shig‘i suratga olingan sahnada Saif Ali Xonning Pataudadagi uyini ko‘rish mumkin.

Aktyorning 150 ta xonani o‘z ichiga oladigan uyiga saroy, deb tarif bersa ham bo‘ladi. Unda yettita garderob, yettita yotoqxona va yana shuncha bilyard xonasini uchratish mumkin.

Salmon Xonning fermasi “Bajrangi og‘a” filmida (2015-yil)

Aktyorning Panveldagi fermasi — Arpita Farms Bollivuddagi eng mashhur joylardan biri sanaladi.

Mazkur fermani 2015-yilda suratga olingan “Bajrangi og‘a” filmida ko‘rish mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют