» » Bollivud yulduzlarining xorijdagi nufuzli oliygohlarda aktyorlik mahoratini o‘rganayotgan farzandlari (foto)

Bollivud yulduzlarining xorijdagi nufuzli oliygohlarda aktyorlik mahoratini o‘rganayotgan farzandlari (foto)


Hind kinofilmlaridagi esda qolarli rollari bilan mashhur bo‘lgan aksari shou-biznes vakillarining farzandi ham ota-onasi singari kinosanoatda faoliyatini davom ettirishni istaydi. Quyida Bollivud yulduzlarining aktyor bo‘lish uchun xorijda tahsil oladigan farzandlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Kxushi Kapur — Shridevining qizi

Shridevining to‘ng‘ich qizi Janvi allaqachon Bollivudda bir qancha rollar ijro qilishga ulgurgan. Boni Kapur va Shridevining kichik qizi esa Nyu-York kino institutida aktyorlik mahoratidan ta’lim oladi. Yaqin orada hind filmlarida suratga tushish ehtimoli bo‘lgan Kxushi keyinchalik Gollivudda ham suratga tushsa ne ajab.

Aryan Kxan — Shoxruh Xonning o‘g‘li

Bollivud yulduzi Shoxruh Xonning katta o‘g‘li Janubiy Kaliforniya universitetda kinemotografiyani o‘rganadi. Aryanning ham Bollivuddagi debyuti kutilishiga qaramasdan uning o‘zi aktyorlik emas, suratga olishga qiziqadi.

Navya Naveli Nanda — Amitabh Bachchanning nevarasi

Amitabh Bachchanning nevarasi Britaniyada maktabni tamomlaganidan keyin Nyu-Yorkdagi Fordham universitetiga qabul qilingan. Ammo hali uning Bollivudda suratga tushish uchun Hindistonga qaytish-qaytmasligi aniq emas.

Alaviya Jaffri — Javed Jaffrining qizi

Javed Jaffrining qizi Alaviya Jaffri ijtimoiy tarmoqlarda yulduzlar farzandlari orasida mashhur sanaladi. U o‘zining tashqi ko‘rinishi va o‘ziga xos kiyinish uslubi bilan ma’lum bo‘lgan Alaviya Nyu-Yorkdagi Moda texnologiya institutida o‘qiydi. U ham akasi Mizaan singari Bollivudda suratga tushishi mumkin.

Ibragim Ali Kxan — Saif Ali Xonning o‘g‘li

Sara Ali Xon Kolumbiya universitetini tamomlaganidan keyin Hindistonga qaytgan, Ibragim esa Londonda o‘qiydi. O‘z karyerasi haqidagi rejalar haqida gapirishni yoqtirmaydigan Ibragimning otasi Saif Ali Xon va onasi Amrita Singx izidan ketish ehtimoli yo‘q emas.

Suxan Xon — Shoxruh Xonning qizi

Nyu-York universitetida aktyorlik mahoratidan ta’lim oladigan Suxana allaqachon Nyu-York teatrida rol ijro qilishni boshlagan. Otasi singari Bollivudda suratga tushishi aniq bo‘lgan qizning debyut roli qachonligi noma’lum.

Nisa Devgan — Kajolning qizi

Kajol va Adjay Devganning qizi Nisa Singapurdagi United World College of South East Asia kollejida o‘qiydi. OAV bir necha marta u ham ota-onasi singari Bollivudda karyera qilishni istashi haqida yozgan.

Yashvardxan Axudja — Govindaning o‘g‘li

Yashvardxan Axudja Londondagi Met Film School’da aktyorlik mahoratidan dars oladi. Uning ham otasi izidan ketish istagi bor.

Aliya Kashyap — Anuraga Kashyapa

Mashhur rejissor Anuraga Kashyapning qizi Janubiy Kaliforniyaning Chapman universitetida o‘qiydi va o‘qishni tamomlashi bilan Bollivudda suratga tushadi.

Dishani Chakraborti — Mitxun Chakrabortining qizi

Mitxun Chakrabortining qizi Nyu-York kinoakademiyasida tahsil oladi. Aktrisa bo‘lishi aniq bo‘lgan Dishaning debyuti Bollivud yoki Gollivudda bo‘lishi mavhum.

Axan Shetti — Sunil Shettining o‘g‘li

Axan AQSh universitetida aktyorlik mahorati va kino ishlab chiqarish kursida o‘qiydi. U allaqachon o‘zining “RX 100” filmini suratga olish ishlarini boshlab yuborgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 14:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют