» » Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining bo‘shab qolgan 5 ta deputatlik o‘rniga yangi deputatlar saylandi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining bo‘shab qolgan 5 ta deputatlik o‘rniga yangi deputatlar saylandi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida bo‘shab qolgan beshta deputatlik o‘rni uchun 20-sentabr kuni qayta saylov bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 21-sentabrdagi qarorida qayd etilishicha, 2020-yil 20-sentabr kuni o‘tkazilgan saylov natijalari va okrug saylov komissiyalarining bayonnomalariga asoslanib, bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylangan deputatlar Jo‘qorg‘i Kengesga qabul qilindi.

Xabarga ko‘ra, quyidagilar Jo‘qorg‘i Kengesning deputatlari etib saylangan.

Bo‘shab qolgan mazkur beshta deputatlik o‘rni uchun qayta saylov bo‘lib o‘tishi haqida avvalroq xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazovda 24-iyun kuni koronavirus aniqlangan. U Respublika ixtisoslashtirilgan Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filialiga yotqizilgan. Unga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Qoraqalpog‘iston SSV axborotiga ko‘ra, Musa Yerniyazov bir oy og‘ir ahvolda bo‘lgan. 31-iyul kuni esa Musa Yerniyazov vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 54) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют