» » Bosh vazir qabulxonalari kotibiyati mudiri “O‘zkomnazorat”ga boshliq etib tayinlandi

Bosh vazir qabulxonalari kotibiyati mudiri “O‘zkomnazorat”ga boshliq etib tayinlandi


Vazirlar Mahkamasidagi Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati mudiri G‘olibsher Meliboyevich Ziyayev Hukumatning tegishli qarori (570-son, 21.09.2020y) bilan Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining (“O‘zkomnazorat”) boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“O‘zkomnazorat”ning avvalgi boshlig‘i Asadjon Xo‘jayev iyul oyida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori etib tayinlangan va shu munosabat bilan inspeksiya boshlig‘i lavozimidan ozod etilgandi.

Shuningdek, hukumatning tegishli qarori (571-son, 21.09.2020y) bilan Abdumalik Abduqodirovich Allamuradov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri etib tayinlandi.

U bunga qadar Surxondaryo viloyatidagi Tadbirkorlar qabulxonasi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan.

G‘olibsher Ziyayev 2019-yil may oyidan buyon Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri lavozimida ishlab kelayotgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют