» » O‘zbekistonda Bosh vazir qabulxonalari joriy yil 1-iyunidan ish boshlaydi

O‘zbekistonda Bosh vazir qabulxonalari joriy yil 1-iyunidan ish boshlaydi


Xalqaro press klub anjumanida Bosh vazir qabulxonalarining ishga tushish muddatlari ma’lum qilindi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri Akmalxon Ortiqovga ko‘ra, Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha qabulxonalari joriy yil 1-iyunidan ish boshlaydi. 15-iyundan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlarni jamlovchi elektron baza faoliyat yuritadi.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning qayd etishicha, bu qabulxonalarda murojaatlarning ko‘rib chiqish muddati odatdagidan farq qiladi. Jumladan, yo‘naltirilishi kerak bo‘lgan masala 2 kunda, mazmun jihatdan ko‘rib chiqiladigan murojaatlar esa 7 kun ichida ko‘rib chiqilishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют