» » Bosh vazir qabulxonasiga yuborilgan tadbirkorlar murojaatlarini “pastga tushirish” taqiqlandi

Bosh vazir qabulxonasiga yuborilgan tadbirkorlar murojaatlarini “pastga tushirish” taqiqlandi


Qarori yoki harakati (harakatsizligi) ustidan bosh vazir qabulxonasiga shikoyat qilinayotgan tashkilotlarning mansabdor shaxslariga murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun asossiz topshirish taqiqlanadi. “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, bu Prezidentning 14-maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida qayd etilgan.

Farmon bilan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida O‘zbekiston bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati tashkil etildi.

Hujjatda murojaatlar bilan ishlash tartiblari tavsiflab berilgan. Xususan, tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarida tadbirkorlarni, shu jumladan, chet ellik investorlarni qabul qilish hokimliklar, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari, investitsiyalar va savdo, adliya, soliq inspeksiyasi, qurilish, davlat kadastri organlari, bank va boshqa tashkilotlarning hududiy organlari vakillari ishtirokida tasdiqlangan jadval bo‘yicha har kuni amalga oshiriladi.

Respublika darajasida hal etilishi kerak bo‘lgan tadbirkorlarning, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlari keyinchalik Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasining rahbarlari va boshqa vakolatli organlar ishtirokida ko‘rib chiqish uchun kotibiyatga yuboriladi.

O‘zbekiston bosh vaziri murojaatlari vakolatli organlar tomonidan hal etilmagan tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan, chet ellik investorlarni doimiy asosda shaxsan qabul qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют