» » OChL. Otabek Shukurov jamoasi 6 ta gol urib g‘alaba qozondi, “As-Sadd” pley-offga yo‘l oldi

OChL. Otabek Shukurov jamoasi 6 ta gol urib g‘alaba qozondi, “As-Sadd” pley-offga yo‘l oldi


Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 5-turidan o‘rin olgan 21-sentabr, dushanba kungi bahslar yakunlandi.

“Sharja” jamoasi “At-Tovun” bilan bahs yuritdi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Saif Rashid amirliklarni oldinga olib chiqdi.

Tanaffusdan keyin Otabek Shukurov jamoadoshlari yana besh bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Velington het-trik qayd etgan bo‘lsa, Muhammad Abdulbosit va Kayo Lukas bittadan golga muallif bo‘ldi. Ushbu o‘yinda Shukurov to‘liq harakat qildi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida “Ad-Duhayl” Almoiz Alining goli evaziga “Persepolis”dan ustun keldi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Sharja” ochkolarini 7 taga yetkazib oldi va “Persepolis” bir xil natija qayd etmoqda. “Ad-Duhayl” 9 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

D guruhi peshqadamlari “As-Sadd” va “An-Nassr” jamoalari o‘rtasidagi bahsda durang qayd etildi. Guruhning ikkinchi o‘yinida “Sepahon” va “Al-Ayn” jamoalari ham murosa yo‘lini tanladi.

Shu tariqa saudiyaliklar ketidan Xavi qo‘l ostidagi “As-Sadd” ham pley-off masalasini muddatidan avval hal qildi.

OChL

5-tur bahslari

21-sentabr, dushanba

C guruhi

Gollar: 0:1 – 45+1 Rashid, 0:2 – 49 Velliton, 0:3 – 54 Abdulbasit, 0:4 – 57 Velliton, 0:5 – 61 Velliton, 0:6 – 68 Kayo.

D guruhi

Gollar: 0:1 – 22 al-G‘anim, 1:1 – 88 Bunedja.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 08:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют