» » Qatar chempionati. “Qatar SK” yana yutqazdi, Sardor Rashidovdan golli uzatma. Xavining “As-Sadd”i 5 ta gol urib g‘alaba qozondi

Qatar chempionati. “Qatar SK” yana yutqazdi, Sardor Rashidovdan golli uzatma. Xavining “As-Sadd”i 5 ta gol urib g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha Qatar Yulduzlar Ligasining 2-turidan o‘rin olgan ikkita o‘yin 7-sentabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Qatar SK” jamoasi safarda “Al-Haritiyat”ga qarshi bahs yuritdi. Uchrashuvning 20-daqiqasida Muhammad Usmon mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida mehmonlar hujumchisi Kayke o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 75-daqiqada Sardor Rashidovning uzatmasidan keyin al-Mehdi Barrahma hisobni qisqartirdi.

Mazkur bahsda Sardor Rashidov to‘liq harakat qildi. Shu tariqa “Qatar SK” 2020/21-yilgi mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Yana bir o‘yin “As-Sailiya” va “As-Sadd” jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda Xavi shogirdlari yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. “As-Sadd” safida Hassan al-Haydos, Santi Kasorla, Bag‘dod Bunedja, Nam Te Hi va Ahmad Sayyor o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, mezbonlarning yagona goliga Majdi Siddiq muallif bo‘ldi.

Qatar Yulduzlar Ligasi

2-tur bahslari

7-sentabr, dushanba

Gollar: 1:0 – 20 Usmon, 2:0 – 50, avtogol Kayke, 2:1 – 75 Barrahma.

Gollar: 0:1 – 7 al-Haydos, 0:2 – 30, penalti Kasorla, 1:2 – 41 Siddiq, 1:3 – 59 Bunedja, 1:4 – 81 Nam Te Hi, 1:5 – 88 Sayyor.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют