» » Xavi qo‘l ostidagi “As-Sadd” safarda 5 ta gol urib g‘alaba qozondi. Santi Kasorladan dubl (video)

Xavi qo‘l ostidagi “As-Sadd” safarda 5 ta gol urib g‘alaba qozondi. Santi Kasorladan dubl (video)


Futbol bo‘yicha Qatar Yulduzlar Ligasining 1-turida “As-Sadd” 3-sentabr, payshanba kuni “Al-Haritiyat”ga qarshi bahs yuritdi.

Uchrashuvning 28-daqiqasida Santi Kasorla mehmonlarning dastlabki golini urdi. Shu bilan birinchi bo‘limda boshqa gol bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘limda esa darvozalar besh bor ishg‘ol etildi.

55-daqiqada Bag‘dod Bunedja jamoasining ikkinchi golini urdi. oradan ko‘p o‘tmay Kasorla jarima maydoni tashqarisidan darvozaning to‘qqizlik burchagini aniq nishonga oldi. 64-daqiqada Rashid Tiberkanine maydon egalarining yagona golini urdi.

72-daqiqada mezbonlar himoyachisi Muhammal Salom o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. O‘yin yakunlanishi arafasida Akrom Afif yakuniy hisobni o‘rnatdi — 1:5.

Shu tariqa Xavi qo‘l ostidagi jamoada 2020/21-yilgi mavsumni g‘alaba bilan boshladi.

Qatar Yulduzlar Ligasi

1-tur bahsi

3-sentabr, payshanba

Gollar: 0:1 – 28 Kasorla, 0:2 – 55 Bunedja, 0:3 – 60 Kasorla, 1:3 – 64 Tiberkanine, 1:4 – 72, avtogol Salom, 1:5 – 85 Afif.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют