» » O‘zbekistonlik Sanjar Shoahmedov futbol yulduzi Xavining goliga 1 daqiqada javob qaytara oldi

O‘zbekistonlik Sanjar Shoahmedov futbol yulduzi Xavining goliga 1 daqiqada javob qaytara oldi


Qatar Yulduzlar ligasining 25-turida o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p suradigan “As-Sayliya” klubi 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Chempionlik uchun kurash olib borayotgan “As-Sadd”ga qarshi o‘yinni Sanjar Shoahmedov va Temurxo‘ja Abduxoliqov boshlang‘ich tarkibda o‘tkazdi. Hisob 15-daqiqada “Barselona”dagi o‘yinlari orqali futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan Xavi tomonidan ochilgan bo‘lsa, oradan bir daqiqa o‘tib Shoahmedov muvozanatni tiklashga erishdi.

Keyinroq mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishni ham uddalagandi. Biroq 82-daqiqada hakam “As-Sayliya” futbolchisini maydondan chetlatib, mezbonlar uchun penalti qo‘yib berdi.

Mazkur durang natija “As-Sadd”ning chempionlik uchun imkoniyatini yo‘qqa chiqardi. Boisi, peshqadam “Lahviya” mavsum yakuniga 1 ta tur qolganida 4 ochkoga ilgarilab ketgan.

Ma’lumot uchun, Sanjar Shoahmedov Qatar Yulduzlar ligasining 9 ta o‘yinida maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Temurxo‘ja Abduxoliqovga esa 9 ta o‘yinda 5 ta gol urish nasib qildi.

Qatar Yulduzlar ligasi
25-tur
6-aprel, payshanba

Gollar: Xavi, 15 (1:0). Sanjar Shoahmedov, 16 (1:1). Lazar, 71 (1:2). Bunejoh, 83-pen (2:2).
Chetlatish: Haddaf, 81 (Mehmon).

Опубликовано: admin (7-04-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют