» » O‘zbekistonlik futbolchilardan foyda. Abduxoliqovda gol, Shoahmedovda golli pas — “As-Sayliya”da 3 ochko

O‘zbekistonlik futbolchilardan foyda. Abduxoliqovda gol, Shoahmedovda golli pas — “As-Sayliya”da 3 ochko


Qatar Yulduzlar ligasida “As-Sayliya” sharafini himoya qilayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar 21-turga kelib jamoasi g‘alabasini ta’minlab berdi.

Uchrashuvni asosiy tarkibda o‘tkazgan Temurxo‘ja Abduxoliqov 45-daqiqaga kelib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Sanjar Shoahmedov esa 66-daqiqada maydonda ko‘rinish berdi. Eng muhimi, uchrashuvning so‘nggi daqiqasida jamoadoshiga golli uzatma berdi.

Mazkur g‘alaba “As-Sayliya”ni turnir jadvalida 9-o‘ringa olib chiqdi. Shu tariqa klub Sanjar Tursunov harakat qilayotgan “Al-Haraytiyat” klubidan 1 ochkoga o‘zib ketdi.

Qayd etish kerak, Sanjar Tursunov jamoasi bir oy ichida “As-Sayliya”ni ham, Sardor Rashidov to‘p suradigan “Al-Jaish”ni ham mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.

Qatar Yulduzlar ligasi
21-tur
17-fevral, juma

Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov, 45 (0:1). Ali Faridun, 82 (1:1). Valentin Marius Lazar, 90 (1:2).

Qatar Yulduzlar ligasida mavsum yakuniga 5 ta tur qoldi.

Опубликовано: admin (18-02-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют