» » Temurxo‘ja Abduxoliqov Qatar Yulduzlar ligasidagi beshinchi golini urdi

Temurxo‘ja Abduxoliqov Qatar Yulduzlar ligasidagi beshinchi golini urdi


Qatar Yulduzlar ligasining 24-turida o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p suradigan ikki klub maydonga tushdi.

Temurxo‘ja Abduxoliqov va Sanjar Shoahmedov harakat qiladigan “As-Sayliya” safardan 1 ochko bilan qaytdi. Klubni O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqovning penaltidan urgan goli mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Ma’lumot uchun, Abduxoliqov Qatar Yulduzlar ligasining 8 ta o‘yinida 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Sanjar Shoahmedov ham shuncha o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urishga erishgan.

Sanjar Tursunov to‘liq harakat qilgan bellashuvda “Al-Haraytiyat” klubi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va turnir jadvalida “As-Sayliya”dan ilgarilab ketdi.

Bugun — 2-aprel kuni Sardor Rashidovning “Al-Jaish” klubi jiddiy bellashuv o‘tkazadi. Klub turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Lahviya” maydonida saf tortadi.

Qatar Yulduzlar ligasi
24-tur bellashuvlari
1-aprel, shanba

Gollar: Ahmad Yosin, 5 (1:0). Temurxo‘ja Abduxoliqov, 30-pen (1:1).

Gollar: Tiberkanine, 40 (0:1). Sa’d Al-Ahbabi, 50 (0:2).

2-aprel, yakshanba
“Lahviya” — “Al-Jaish”

Опубликовано: admin (2-04-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют