» » Apple o‘zining eng kichkina smartfoni — iPhone 12 Mini’ni taqdim etadi

Apple o‘zining eng kichkina smartfoni — iPhone 12 Mini’ni taqdim etadi


Twitter’dagi L0vetodream nikli insayder Apple’ning yangi smartfonlar lineykasiga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Kompaniya o‘z tarixi davomida birinchi bor “mini” nomi ostidagi modelini taqdim etadi.

Barcha lineyka quyidagi ko‘rinishga ega:

iPhone 12 Mini nomi ostidagi modelga 5,4 dyuymli ekran o‘rnatilishi kutilmoqda — u yangi iPhone SE (2020)dan biroz kattaroq, hoshiyalari esa ingichka bo‘ladi. iPhone 12’ning bazaviy modeliga 6,1 dyuymli ekran o‘rnatiladi — iPhone 12 Pro ham xuddi shu diagonalli, biroq yaxshilangan versiyaga ega bo‘ladi.

Mish-mishlarga ko‘ra, iPhone 12 Pro Max kompaniya tarixidagi eng katta iPhone’ga aylanadi — unga 6,7 dyuymli ekran o‘rnatiladi. Shu bilan birga, yangi lineykadagi barcha to‘rtta model OLED displeyga ega bo‘ladi — bu ham birinchi marotaba. O‘tgan yili faqat iPhone 11 Pro va 11 Pro Max’ga shu kabi displeylar o‘rnatilgandi, iPhone 11 esa IPS ekranga ega bo‘lgan.

Avvalroq Apple rasman 2020-yilgi yangi iPhone’lar savdosi har doimgidan kechroq boshlanishi va lineykadagi barcha smartfonlar narxi to‘g‘risida ma’lumot berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют