» » Semmi laqabli tyulen plyaj yulduziga aylandi. U o‘zini xuddi uy kuchugidek tutmoqda

Semmi laqabli tyulen plyaj yulduziga aylandi. U o‘zini xuddi uy kuchugidek tutmoqda


Britaniyaning Dorset grafligida joylashgan Ueymut plyajiga yosh tyulen karantin cho‘qqisiga chiqqan vaqtda kelib, u yerda to‘qqiz hafta yolg‘iz yashadi. Cheklov choralari yumshatilgach, odamlar plyajga kela boshlagan, biroq bu tyulenni xijolatga solmagan — u o‘z joyini tark etishni istamadi. Tashrif buyuruvchilar uni qo‘rqitmagan, aksincha o‘ziga jalb qila boshlagan, deb yozadi Good House.

Semmi laqabini olgan tyulen doim kim bilandir “suhbatlashish” imkoniyatini qidirgan. U suzayotgan odamlarning orqasiga yoki syorfing doskasiga chiqib olgan. Shuningdek, u kamera qarshisida ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan.

Uill Bedmen ismli suratkash Semmining bir qator suratlari bilan o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali bo‘lishgan. Tyulen undan hatto yashirinishga ham urinmagan. U suzgichlarini erkakka silkitib, kulgan holda obyektiv qarshisida turgan.

Mavzuga doir: Tyulen tryuklari bilan mushukni o‘ziga rom etishga urindi. Biroq u dengiz jonzotiga qayrilib ham qaramadi (video)

Tez orada Uill va plyajdagi boshqa dam oluvchilar o‘zini xuddi uy kuchugidek tutayotgan noodatiy qo‘shniga o‘rganib qolgan. Semmi haqida xabar topgan atrof-muhitni himoya qilish bo‘yicha nodavlat tashkilot volontyorlari mahalliy yulduzga ziyon yetmasligi uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilmoqda.

Mavzuga doir: Video: Baland va ohangdor ovozda “qo‘shiq kuylayotgan” tyulenlar

Yosh tyulen o‘zini juda do‘stona tutayotganiga qaramay, odamlardan u baribir yovvoyi hayvon ekanligini unutmaslik eslatilgan. Tashrif buyuruvchilardan unga yaqinlashmaslik so‘ralmoqda. Volontyorlar sharofati bilan Semmining yashashi uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 12:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют