» » O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi dori vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi

O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi dori vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi


O‘zbekistonda koronavirusga qarshi dori vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyuldagi qarori bilan 2020-yilning 1-oktabriga qadar O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar hamda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxati tasdiqlangan edi.

13-avgust kuni COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxati kengaytirilib, 5 turdagi tibbiyot buyumlari qo‘shilgandi.

Hukumatning tegishli qarori bilan bu ro‘yxatga Ekspress test SARS-CoV-2 Antibody Test (Express-test) tibbiyot buyumi hamda boshqa dori vositalari ham kiritilib, belgilangan tartib 2021-yilning 1-martiga qadar uzaytirilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют