» » Qo‘shiqlari xit bo‘lgan hind filmi — “Disko raqqosi” aktyorlari 38 yildan so‘ng (foto)

Qo‘shiqlari xit bo‘lgan hind filmi — “Disko raqqosi” aktyorlari 38 yildan so‘ng (foto)


“I am a Disco Dancer” va “Jimmy, Jimmy, Jimmy, Aaja” qo‘shiqlari xit bo‘lishiga sababchi bo‘lgan “Disko raqqosi” filmi premyerasi 1982-yilda bo‘lib o‘tgan. Muxlislar qalbidan joy olgan mazkur filmda ijrosi bilan esda qolgan aktyor va aktrisalar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Mitxun Chakraborti — Anil (Jimmi)

Mitxun bolaligidan aktyor bo‘lishni istagan, ammo kinoga qadam qo‘yishning o‘zi bo‘lmagan ayniqsa, nochor oila farzandiga. Maktabni tamomlagach, kollejda kimyo bo‘yicha ta’lim olgan Chakraborti, mitingda ishtirok etgani sabab qamoqqa olinishiga bir baxya qolgan. Otasi uni qarindoshlari yashaydigan boshqa shaharga yuborganidan keyin u jazodan qutulib qolgan. Avvaliga kosmetik vositalarni sotish bilan shug‘ullangan keyinroq esa Kino institutida yangi kurs ochilgani haqida eshitgach, hujjatlarini o‘qishga topshirgan. Oliygohni a’lo bahoga bitirganidan keyin asosan epizodik rollarga taklif qilingan.

1976-yilda “Qirollik ovi” filmida suratga tushgan va ijrosi sabab “Eng yaxshi erkak ijrochi” deb topilgan. 70-yillar oxirida disko uslubidagi musiqa urfda bo‘lgan va rejissorlar shunga mos ravishda kino yaratishni istagan. “Disko raqqosi” ijodkorlariga ham endigina karyerasini boshlagan va iste’dodli aktyor kerak bo‘lgan. Mitxun esa mazkur filmda o‘zini o‘ynagandek bo‘lgan — kambag‘al oiladan chiqqan, ammo mashhur bo‘lishni istaydigan iste’dodli Anil rolini gavdalantirgan. Film premyerasidan keyin Mitxun nafaqat Hindiston, balki boshqa mamlakatlarda ham mashhurlikka erishgan. U karyerasi davomida 350 dan ortiq kinolentada rol o‘ynagan. Ijrosidagi “Dushman”, “Jungli qonuniyati bo‘yicha”, “O‘yna, o‘yna” filmlari ham mashhur. Uning ismi hind tilidagi ko‘plab filmlarda suratga tushgan aktyor sifatida Ginnesning rekordlari kitobidan o‘rin olgan. U bugungi kunda ham suratga tushishda davom etmoqda.

Yoshligida manekenchi Xelena Lok bilan qurgan turmushi uzoqqa bormagan aktyor, keyinroq aktrisa Yogita Baliga uylanadi. Rafiqasi oilasini san’atdan ustun qo‘yadi va to‘rt farzandi tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Karan Razdan — Sem Oberoy

Filmda Sem rolini gavdalantirgan aktyor, asosan 80-yillarda suratga tushgan keyinchalik esa rejissor va senariy muallifi sifatida faoliyat olib borgan. Uning hayoti deyarli noma’lum. Razdan aktrisa Priya Tendulkar bilan turmush qurgan, lekin qilgan xiyonati sabab 1995-yilda ajrashgan.

Om Puri — Devid Braun

Universitetni tamomlaganida keyin suratga tushishni boshlagan aktyor ham avvaliga boshqalar singari ikkinchi darajali rollarni ijro qilgan. 1980-yilda esa “Yaradorning faryodi” filmidagi ijrosi uchun “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” deb topilgan. Keyingi muvaffaqiyatli loyiha “Disko raqqosi” bo‘lgan. Puri karyerasi davomida 250 ga yaqin filmda suratga tushgan. Ular orasida Britaniya va amerikalik rejissorlar filmi ham yo‘q emas. U ikki marta oila qurgan. Birinchi rafiqasi rejissor Sima Kapur bilan turmushi o‘xshamaganidan keyin u bilan ajrashib, keyinoq Nandini Puriga uylangan va o‘g‘il farzandli bo‘lgan. Ijoddan to‘xtamagan aktyor, 2007-yilda yurak xurujidan vafot etgan.

Kalpana Ayer — Nikki Braun

Kalpana nafaqat 80-90-yillarning mashhur aktrisasi, balki “Hindiston go‘zali” nomiga sazovor bo‘lgan model sifatida ham yaxshi ma’lum. Unda muvaffaqiyatli karyera uchun go‘zallik va iste’dod bo‘lishiga qaramay, aktrisa sifatida faoliyatini davom ettirmagan. Bugungi kunda u Dubayda restorator sifatida ishlaydi.

Kim Yashpal — Rita Oberoy

Model sifatida karyerasini boshlagan Kimning, kinosanoatga qadam qo‘yishiga rejissor Denni Denzongpa sababchi bo‘lgan. Aynan u sabab “Disko raqqosi” filmida rol ijro qilishga muvaffaq bo‘lgan aktrisa, 10 yillar davomida suratga tushishdan to‘xtamagan. Ammo 90-yillar o‘rtalarida aktrisalik faoliyatini tugatgan.

Gita Siddxart — Radxa, Anilning onasi

Filmda Anilning onasi rolini gavdalantirgani aktrisa karyerasidagi eng esda qolarli rollardan biri bo‘lgan. Bundan tashqari “O‘yna, o‘yna”, “Qasos va qonun” filmlarida ham suratga tushgan Gita, Hindistonda asosan teatr aktrisasi sifatida taniqli hisoblanadi. Siddxart Kak bilan turmush qurgan aktrisa 2019-yilda vafot etgan.

Rajesh Khanna — Rajuning amakisi

Rajesh nafaqat 180 ga yaqin filmda suratga tushgan aktyor, balki prodyuser va siyosatchi sifatida ham yaxshi ma’lum. 1973-yilda “Bobbi” filmidagi aktrisa Dimpl Kapaddiya bilan turmush qurgan Khanna ikki farzandning otasi bo‘lgan, biroq 11 yildan keyin munosabatlariga yakun yasagan. Aktyor 2012-yilda vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют