» » Mashhur filmda Fantomas obrazini gavdalantirgan aktyor hayotda qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan?

Mashhur filmda Fantomas obrazini gavdalantirgan aktyor hayotda qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan?


60-yillarda ekran yuzini ko‘rgan “Fantomas” fransuz kinokomediyasi muxlislar qalbidan joy olgan, filmning boshidan oxirigacha Fantomas niqobi ostidagi inson kimligi haqida savol tug‘ilgandi. Mazkur qahramon rolini fransuz aktyori Jan Mare gavdalantirgan bo‘lib, quyida u haqida ma’lumotlar berib o‘tamiz.

1. Aktyor Fransiyaning shimoli-g‘arbida joylashgan Sherbur shahrida 1913-yilda tavallud topgan. Marening bolaligi qiyinchilik bilan o‘tgan.

2. U 4 yoshidaligida ota-onasi ajrashgani sabab ham otasi haqida eslay olmaydi. Onasi kleptomaniyaga chalingan va mayda o‘g‘riliklar sabab bir necha marta hibsga olingan.

3. Ota-onasi bilan mavjud muammolar sabab Jan, xolasining qo‘lida katta bo‘lgan. Uning quloqsizligi, maktabda yaxshi bahoga o‘qimagani esa aktyor bo‘lish qaroriga to‘sqinlik qilmagan.

4. Lekin aynan yuqoridagi qiyinchiliklar sabab ham qiyinchiliklarni yengishda kuch topgan, 15 yoshidayoq moliyaviy mustaqil bo‘lgan.

5. Teatr institutiga bir necha marta qabul qilinmagan bo‘lsa-da, u orzularidan voz kechmagan, aktyorlik kursiga yozilib alal oqibat uzoq kutilgan diplomni qo‘lga kiritgan.

6. 1933-yil suratga olingan “Ko‘chalarda” filmi Jan uchun debyut bo‘lgan. Shundan keyin bir qancha kichik rollarni ijro qilgan va oradan 6 yil o‘tiibgina aktyor nomi Fransiyada tanila boshlagan.

7. Rejissor Jan Kokto bilan ishlaganidan keyin karyerasidagi muvaffaqiyat boshlanib, u haqiqiy kinoyulduzga aylangan.

8. Mare, Marlen Ditrix bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan, biroq keyinroq aktrisa Mili Parelga uylangan. Turmushlari esa uzoqqa bormagan.

9. Aktyor 1998-yil 8-noyabrda, o‘pka shishidan vafot etgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют