» » Bo‘stonliqda yonma-yon joylashgan 7 ta uy yonib ketdi

Bo‘stonliqda yonma-yon joylashgan 7 ta uy yonib ketdi


Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 7 ta uyda yong‘in chiqqan, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati hokimligi.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 20-sentabr kuni taxminan soat 14:00 larda Bo‘stonliq tumani, “Chinor” MFY, Shirmonbuloq ko‘chasida joylashgan 7 ta uyda yong‘in sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in fuqaro S.Saidboboyevga tegishli 38-uyda elektr uzatgichda yuzaga kelgan qisqa tutashuv oqibatida uyning tom qismida yuz bergan, keyin yonma-yon joylashgan 30, 32, 34, 36, 40-uylarga o‘tgan.

Yong‘inni bartaraf etish uchun FVV tuman bo‘limining 65 nafar xodimi, 9 ta o‘t o‘chirish maxsus avtomashinasi, 3 ta suv tashish texnikasi hamda tuman yo‘l qurilish bo‘limining 3 ta suv tashish texnikasi jalb qilindi.

Shuningdek, yong‘inni o‘chirish uchun tuman IIBning 6, Milliy gvardiya tuman bo‘limining 10, mahallaning 50 nafar ko‘ngilli yoshlari jalb qilinib, ko‘rilgan tezkor choralari natijasida soat 18:00 larda yong‘in to‘liq o‘chirildi.

Hozir yong‘inning kelib chiqish sabablari FVV viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganilmoqda.

Shu bilan birga, tuman hokimi boshchiligida hodisa joyida shtab tashkil etilib, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Talafot ko‘rgan har bir xonadon egalari bilan suhbat o‘tkazilgan va ularning xohishiga ko‘ra, vaqtinchalik yashash joy bilan ta’minlash choralari ko‘rilgan.

“Fuqarolarning uy-joylarini qayta tiklash va yong‘in oqibatlarini bartaraf etish uchun tumandagi barcha kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar hamda ularning texnika vositalari jalb qilindi.

Ayni paytda tegishli amaliy tadbirlar (fuqarolarga psixologik yordam ko‘rsatish, hududni chiqindilardan tozalash va boshqa) olib borilib, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi”, – deyiladi hokimlik xabarida.

Avvalroq Toshkent shahridagi “Buxoro” va “Bistroff” kafelarida yuzaga kelgan yong‘in bartaraf etilgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют