» » Yakkasaroyda joylashgan uyda chiqqan yong‘in oqibatida uy egasi halok bo‘ldi

Yakkasaroyda joylashgan uyda chiqqan yong‘in oqibatida uy egasi halok bo‘ldi


15-may kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Meros mahallasining Zaki Validi ko‘chasida joylashgan 34-uyda yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi.

Sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishga 2 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan.

Yong‘in oqibatida uyning 25 kvadrat metr maydonda ichki qismi va jihozlari yonib zararlangan. Achinarlisi, yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasi 1959-yilda tug‘ilgan fuqaro B.Nning kuygan holdagi jasadi topilgan. Taxmin qilinishicha, yong‘in uy egasining mast holda sigaret chekib uxlab qolishi oqibatida yuzaga kelgan.

Yong‘indan ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют