» » Italiyalik futbol hakami va uning qaylig‘i o‘z uyida pichoqlab ketildi. Ular voqea joyida halok bo‘lgan

Italiyalik futbol hakami va uning qaylig‘i o‘z uyida pichoqlab ketildi. Ular voqea joyida halok bo‘lgan


Italiyalik futbol hakami Daniele de Santis va uning qaylig‘i Lechchedagi uyida o‘lik holda topildi. Bu haqda La Repubblica xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, 33 yoshli hakam va uning 30 yoshli sevgilisining jasadi 21-sentabr, dushanba kuni kechqurun topilgan.

Qo‘shnilarning aniqlik kiritishicha, qotillikdan avvalroq de Santisning uyida janjal bo‘lgan va jinoyatchi juftlikni pichoqlagan. Shuningdek, ular qo‘lida pichoq bilan qochib ketayotgan erkakni ko‘rganini qo‘shimcha qilgan.

De Santis B va S Seriyalardagi faoliyati (futbol bo‘yicha Italiyaning ikkinchi va uchinchi divizionlari) bilan yaxshi tanilgan bo‘lib, u yerda jami 130 dan ortiq uchrashuvlarni boshqargan.

Ma’lumot uchun, B Seriyanig yangi mavsumiga 25-sentabr, juma kuni start beriladi.

Mavzuga doir: Fransiyalik FIFA hakami Sebastyan Desaj 46 yoshida vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют