» » Video: Ikki tramplin uzra sakrash vaqtida 360 darajaga aylangan Kia K5

Video: Ikki tramplin uzra sakrash vaqtida 360 darajaga aylangan Kia K5


Kia kompaniyasi Optima o‘rniga kelgan o‘zining yangi K5 modeli ustidan noodatiy tajriba o‘tkazdi: biznes-sedan havoda gorizontal yuza bo‘yicha 360 darajaga aylanishga majbur qilindi. Kompaniyadagilarning ogohlantirishicha, mazkur tryuk professionallar tomonidan qo‘shimcha ishlangan avtomobil yordamida amalga oshirilgan bo‘lib, uni mustaqil takrorlab ko‘rish tavsiya etilmaydi, deb xabar beradi Motor.

Biznes-sedan poyga mashinalarining o‘rindig‘i, qo‘shimcha dvigatel himoyalagichi, beshtalik kamar va xavfsizlik karkasi bilan jihozlangan. Yerga qattiq tushish vaqtida ishlab ketmasligi uchun xavfsizlik yostiqchalari olib tashlangan. Tryuk GT komlektatsiyasiga kiruvchi 290 ot kuchiga ega turbomotorli K5 yordamida amalga oshirilgan: avtomobil tramplinning bir tomonidan ikkinchisiga sakrash vaqtida o‘z o‘qi atrofida 360 darajaga burilgan.

Avvalroq Kia kompaniyasining Amerikadagi ofisi K5 biznes sedaniga bag‘ishlangan noodatiy reklama bilan bo‘lishgandi. Unda Janubiy Koreya avtomobil ishlab chiqaruvchisi ikkita Kia K5 modelining o‘n metrli tramplindan sakragani tasvirlangan videorolikni taqdim etgan.

Mavzuga doir: Kia Janubiy Koreyadagi ikkita zavodini yopadi. Ishchilarda koronavirus aniqlangan

Eslatib o‘tamiz, Jizzax erkin iqtisodiyot zonasidagi ADM-Jizzakh zavodida noyabr oyidan boshlab eng yangi modellardan bo‘lgan KIA Seltos va KIA K5 avtomobillarini yig‘ish boshlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют