» » BAA aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

BAA aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi


BAAdan O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun “AIR ARABIA Abu-Dabi LLC” ruxsatnoma oldi, deya xabar beradi Transport vazirligi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari o‘rtasida imzolangan havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan “AIR ARABIA Abu-Dabi LLC” kompaniyasiga Abu-Dabi–Toshkent–Abu-Dabi yo‘nalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun 2020-yil 9-sentabrda 3-K sonli foydalanish ruxsatnomasi berilgan.

Aviakompaniya mazkur yo‘nalishda O‘zbekistonga parvozlarni Airbus-320-214 havo kemalarida amalga oshirishini ma’lum qildi.

Muntazam parvozlar qachondan boshlab amalga oshirilishi haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq Uzbekistan Airways 4-sentabrdan beshta davlat bilan muntazam xalqaro aviaparvozlarni tiklashi haqida xabar berilgandi. Unda BAAdan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Germaniya qayd etilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют