» » Los-Anjelesda yilning eng yaxshi seriallari uchun “Emmi” mukofoti onlayn tarzda topshirildi (foto)

Los-Anjelesda yilning eng yaxshi seriallari uchun “Emmi” mukofoti onlayn tarzda topshirildi (foto)


Dunyo bo‘ylab tarqalgan pandemiya sabab 2020-yil “Emmi” mukofotini o‘z egalariga topshirish marosimi onlayn tarzda amalga oshirildi.

“Eng yaxshi dramatik serial” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblik “Vorislar” serialiga nasib etdi.

Aktrisa Zendaya “Eyforiya” dramatik serialidagi roli uchun “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritidi. U ushbu toifadagi mukofotni qo‘lga kiritgan eng yosh aktrisa sifatida baholandi, Zenadayaning yoshi 24 da.

“Vorislar” seriali qahramoni Jeremi Strong “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Juliya Garner – “Ozark” serialidagi roli uchun “Ikkinchi darajali eng yaxshi aktrisa” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

“Tonggi shou” serialidagi roli uchun Billi Krudap “Ikkinchi darajali eng yaxshi aktyor” nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi.

“Komediya janridagi eng yaxshi serial” – “Shitts Krik”.

“Eng yaxshi komik aktyor” – Yujin Levi.

“Ikkinchi darajali eng yaxshi komik aktyor” – Deniel Levi.

Shuningdek, “Shitts Krik” serialining ssenariy muallifi – Deniel Levi, rejissor – Deniel Levi va Endryu Chividino, “Ikkinchi darajali eng yaxshi komik aktrisa” nominatsiyasi bo‘yicha Enni Merfi g‘olib deb topildi.

“Shitts Krik” komediyasidagi “Eng yaxshi komik aktrisa” ? Ketrin O’xara.

“Ikkinchi darajali eng yaxshi komik aktrisa” – Enni Merfi

“Eng yaxshi mini-serial” – “Qo‘riqchilar”.

Suratda serial ijodkorlari va prodyuser – Deymon Lindelof.

Mini-serial yoki filmlardagi roli uchun “Eng yaxshi aktrisa”– Rejina King.

Suratda aktrisaning kartondan yasalgan shakli va marosim boshlovchisi Jimmi Kimmel.

“Men buni to‘g‘ri deb bilaman” mini-serialdagi roli uchun “Eng yaxshi aktyor” – Mark Ruffalo.

“Amerika xonimi” kartinasidagi roli uchun “Ikkinchi darajali eng yaxshi aktrisa” – Uzo Aduba.

“Qo‘riqchilar” mini-serialidagi roli uchun “Ikkinchi darajali eng yaxshi aktyor” – Yahyo Abdul-Matin II.

“Eng yaxshi telefilm” nominatsiyasi g‘olibi – rejissor Kori Finlining “Benuqson” filmi deb topildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют