» » O‘zbekistondagi maktab xodimlariga haq to‘lash bo‘yicha yuzaga kelgan tushunmovchiliklar yuzasidan bayonot berildi

O‘zbekistondagi maktab xodimlariga haq to‘lash bo‘yicha yuzaga kelgan tushunmovchiliklar yuzasidan bayonot berildi


Xalq ta’limi vazirligi tizimdagi ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha yuzaga kelayotgan tushunmovchiliklar yuzasidan bayonot berdi.

Koronavirus pandemiyasi sharoitida yangi o‘quv yili boshlanishi bilan xalq ta’limi sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar mehnatiga haq to‘lashda turli yondashuvlar va tushunmovchiliklar vujudga kelgani ta’kidlangan.

Qayd etilishicha, 2020-yilda Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan qo‘shma xat orqali ayni vaqtda xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha muammoga aylanib borayotgan tushunmovchiliklarga aniq yechim berildi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, ish haqi to‘lovlarini amalga oshirishda quyidagi holatlar va tushunmovchiliklarga alohida e’tibor qaratish lozim:

Ta’kidlanishicha, ota-onalar badali to‘lovidan ozod etilgan o‘quvchilar bilan ishlovchi to‘garak rahbarlariga ish haqi to‘lovlari hech qanday shartlarsiz to‘lanadi.

Shuningdek, vazirlik tomonidan xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, ularni kelgusida takrorlanishini oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlar xodimlar mehnatiga haq to‘lashning aniq yo‘nalishini belgilashga xizmat qilishi alohida ta’kidlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют