» » O‘zbekistonda o‘qituvchilarga soatbay haq to‘lashning yangi miqdorlari tasdiqlandi

O‘zbekistonda o‘qituvchilarga soatbay haq to‘lashning yangi miqdorlari tasdiqlandi


Umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog xodimlariga o‘tgan darsi uchun soatbay haq to‘lashning yangi miqdorlari belgilandi, deb xabar berdi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Soatbay haq to‘lashning yangi tariflari 2019-yil 10-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifasi hamda oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega umumta’lim maktablarining boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilari, o‘qituvchi logopedi, logopediya shahobchasi mudirlariga malaka toifasiga ko‘ra soatbay o‘tilgan darslari uchun bazaviy lavozim maoshining 1,20 foizi miqdorida haq to‘lanadi.

Soatbay haq to‘lash miqdori tarkibiga mehnat ta’tili haqi ham kiritilgan. Shuningdek, umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashtirilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmuasi ishlab chiqarish ta’limi ustalari tarkibi mehnatiga soatbay haq to‘lashda kasb-hunar kollejlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun nazarda tutilgan mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari qo‘llaniladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, avvallari soatbay haq to‘lash miqdori aniq miqdori ko‘rsatib kelingan va ularning miqdorini o‘zgartirish uchun har gal alohida hujjat qabul qilingan.

Yangi soatbay haq to‘lash miqdorlari foizda belgilandi. Bu esa o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshi oshganda, soatbay haq to‘lash miqdorlarining ham oshishiga olib keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 14:44)
+3 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют