» » Oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilar ish haqi 25 foizga oshiriladi

Oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilar ish haqi 25 foizga oshiriladi


Oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilar ish haqi 25 foizga oshiriladi. Bu haqda Moliya vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi qarori bilan umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining malaka toifasiga qarab ularning ish haqini tabaqalashtirgan holda oshirish, malaka toifasini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Jumladan, birinchi bosqichda 2018-yil 1-sentabrdan boshlab boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari bazaviy tarif stavkalari miqdori 10 foizga, yuqori sinf o‘qituvchilari bazaviy tarif stavkalari miqdori 24 foizgacha, direktorlar, ularning o‘rinbosarlari va kutubxonachilar bazaviy tarif stavkalari miqdori 10 foizga oshirildi.

Ikkinchi bosqichda malaka toifasiga qarab o‘qituvchilarga 10 foizdan 25 foizgacha, direktorlar, ularning o‘rinbosarlari va kutubxonachilarga yana 10 foizga oshirildi.

Natijada 2019-yil 1-yanvarga kelib, 1-toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi 45 foizga oshadi, qo‘lga tegadigan oylik ish haqi, direktor jamg‘armasidan o‘rtacha 10 foizgacha ustama hamda daftarlarni tekshirganligi va sinfga rahbarlik qilgani uchun qo‘shimcha haqlar to‘lansa, shuningdek soliq islohoti natijasida 2,2 million so‘mga yetadi.

Malaka toifasiga ega bo‘lmagan mutaxassis o‘qituvchi va oliy toifali o‘qituvchi o‘rtasidagi farq 21 foizdan 38 foizga oshadi. Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oliy o‘quv yurtlari professor va o‘qituvchilari ish haqini oshirish to‘g‘risida ikkita qaror qabul qilindi, jumladan, 2018-yil 1-sentabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilarining lavozim maoshlarini tabaqalashtirilgan holda – o‘rtacha 25 foizga oshirildi.

Oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari ish haqi miqdorlari 2019-yil 1-yanvardan boshlab 20 foizga va 2019-yil 1-iyuldan boshlab 25 foizga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют