» » O‘zbekistonda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining maoshlari oshirildi

O‘zbekistonda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining maoshlari oshirildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matnini Prezident matbuot xizmati keltirdi.

Unga ko‘ra, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018-yil 1-sentabrdan boshlab bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini tabaqalashtirilgan holda:

- oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilarining — o‘rtacha 25 foizga va stajyor-o‘qituvchi hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega professor ish haqining miqdorlari o‘rtasidagi tafovutni ikki baravargacha oshirish;

- ilmiy-tadqiqot muassasalarining fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish va innovatsiya ishlarida ishtirok etayotgan ilmiy xodimlarining — o‘rtacha 25 foizga va stajyor-tadqiqotchi hamda fan doktori ilmiy darajasiga va professor ilmiy unvoniga ega bosh ilmiy xodim ish haqining miqdorlari o‘rtasidagi tafovutni ikki baravargacha oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Belgilab qo‘yildiki, 2018-yil 1-sentabrdan boshlab:

- bazaviy doktoranturada ta’lim olayotgan shaxslarga — ilmiy unvon yoki ilmiy darajaga ega bo‘lmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan) kichik ilmiy xodimning lavozim maoshi bazaviy miqdorlariga tenglashtirilgan stipendiyalar;

- doktoranturada ta’lim olayotgan shaxslarga — fan nomzodi (yoki falsafa doktori (PhD) darajasiga va xorijiy davlatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) ilmiy darajasiga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan yetakchi ilmiy xodimning lavozim maoshi bazaviy miqdorlariga tenglashtirilgan stipendiyalar to‘lanadi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi 1-iyulgacha oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari, shuningdek, boshqa xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlarini, ilmiy-tadqiqot muassasalarining fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlari loyihalarini amalga oshirish va innovatsiya ishlarida ishtirok etayotgan ilmiy hamda rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlarini ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda byudjet mablag‘lari hisobidan qayta ko‘rib chiqishi lozim bo‘ladi.

Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 116) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют