» » Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini ortiqcha hisobot va topshiriqlardan ozod etishga e’tibor qaratdi

Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini ortiqcha hisobot va topshiriqlardan ozod etishga e’tibor qaratdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimidagi islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida soha rahbarlari va ularning o‘rinbosarlarini qabul qildi hamda hisobotlarini tingladi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi hamkorligida iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarni tanlab olish, ularni oliy ta’lim muassasalariga maqsadli tayyorlashni tashkil etish uchun har bir oliy ta’lim muassasasi huzurida bittadan akademik litsey ochish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilmoqda.

O‘rta maxsus kasb-hunar muassasalari tarmoq vazirliklari va davlat qo‘mitalariga biriktirib berildi.

10-11-sinflar joriy etilib, kollejlarda kontingent qisqarishi munosabati bilan mavjud moddiy texnika bazasidan samarali foydalanish maqsadida 7 ta kollej va akademik litsey negizida yangi 1 ta oliy ta’lim muassasasi va 3 ta oliy ta’lim muassasasi filiallari tashkil etilmoqda.

Muloqot chog‘ida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini ortiqcha hisobotlar, turli byurokratik topshiriqlardan ozod etish, ularning ilmiy salohiyatlarini ta’lim mazmuni va sifatini yanada yaxshilash, ilmiy tadqiqot ishlariga yo‘naltirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-08-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют