» » O‘zbekistonda fan va oliy ta’lim sohasi xodimlari maoshi oshiriladi

O‘zbekistonda fan va oliy ta’lim sohasi xodimlari maoshi oshiriladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “Fan va oliy ta’lim sohasi xodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Mazkur qarorga muvofiq, 2018-yil 1-avgustdan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlarining ish haqi miqdori 2 baravar;

2018-yil 1-sentabrdan ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari muhandis-texnik xodimlarining ish haqi miqdori egallab turgan lavozimi va ilmiy faoliyat sohasidan kelib chiqib, 30 foizdan 100 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorda oshiriladi.

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlarini va innovatsiya ishlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari, ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan ilmiy-tadqiqot muassasalarining muhandis-texnik xodimlari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilar tarkibining ish haqi miqdori quyidagi ikki bosqichda oshiriladi:

2019-yil 1-yanvardan — 20 foizga;

2019-yil 1-iyuldan — 25 foizga.

Innovatsion rivojlanish vazirligiga Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg‘armasini 100 million dollar miqdoridagi hisob-raqamlarini ochgan holda tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasini kiritish topshirildi.

Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют