» » O‘zbekistonda yirik davlat korxonalari sof foydasining 10 foizini innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga sarflaydi

O‘zbekistonda yirik davlat korxonalari sof foydasining 10 foizini innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga sarflaydi


O‘zbekiston hukumati qarori bilan xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalaridagi innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi kanalida ma’lum qilindi.

Mazkur nizomga asosan xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalari jamg‘arma uchun sof foydasidan 10 foiz miqdorida mablag‘ ajratadi. Mablag‘lar xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklaridan birida ochiladigan maxsus hisob raqamida jamlanadi.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarda sarflanadi:

Yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, zarur tajriba-sanoat sinovlarini o‘tkazish;

Ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni moliyalashtirish;

Ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik va ilmiy-laboratoriya bazasini mustahkamlash, ilmiy-texnik xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va malakasini oshirishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.

Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari qaytarib olinmaydi va kelgusida foydalanish uchun xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarining maxsus hisob raqamida saqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют