» » Angliya Premyer Ligasida tarixiy rekord o‘rnatildi

Angliya Premyer Ligasida tarixiy rekord o‘rnatildi


Angliya Premyer Ligasining 2-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

APLning mazkur turidagi 10 ta o‘yinda jami 44 ta gol urildi. Bu Angliyada 20 ta klub ishtirok etayotgan davr uchun rekord natija hisoblanadi.

Bundan avvalgi rekord 2010/11-yilgi mavsumning 24-turida qayd etilgandi. To‘qqiz yil avval bir tur davomida 43 ta gol urilgan.

Qayd etish joiz, 2-turdagi o‘nta o‘yinning hammasida gol urildi. Uchta bahsda yettitadan to‘p kiritilgan: “Everton” — “Vest Hem” (5:2), “Lids” — “Fulhem” (4:3) va “Sauthempton” — “Tottenhem” (2:5). Eng kam gol “Aston Villa” — “Sheffild Yunayted” bahsida (1:0) qayd etilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют