» » Superliga. OKMK 5 ta gol urilgan oyinda Bunyodkorni taslim etdi

Superliga. OKMK 5 ta gol urilgan oyinda Bunyodkorni taslim etdi


Futbol boyicha Coca-Cola Superliga 16-turida Bunyodkor jamoasi 22-sentabr, seshanba kuni OKMKga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida Mate Vatsadze Elguja Grigalashvilining uzatmasidan keyin olmaliqliklarni oldinga olib chiqdi. 35-daqiqada Nurillo Toxtasinov jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yollab, hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bolim debyutida Grigalashvili mezbonlar darvozabonining xatosidan keyin ikkinchi golni urdi. Oradan kop otmay Toshkent klubi penalti ishlab oldi, uni Xurshid Giyosov golga aylantirdi.

Barchasi durang tomon ketayotgan bir vaqtda olmaliqliklar uchinchi golni urishga muvaffaq boldi: 89-daqiqada mehmonlar darvozabonining uzatmasidan keyin Jasurbek Umarov qulay vaziyatga chiqib bordi va oz imkoniyatini kokka sovurmadi.

Shu tariqa ushbu galabadan keyin Mirjalol Qosimov jamoasining ochkolari 33 taga yetdi va jamoa 2-oringa qaytdi. Bunyodkor (29) esa 4-pogonaga tushib ketdi.

Coca-Cola Superliga

16-tur bahsi

22-sentabr, seshanba

Gollar: 0:1 Vatsadze, 1:1 Toxtasinov, 1:2 48 Grigalashvili, 2:2 57, penalti Giyosov, 2:3 89 Umarov.

Bunyodkor: Abdumavlon Abdujalilov, Islom Qobilov, Ibrohimhalil Yoldoshev, Xurshid Giyosov (Farruh Ikromov, 69), Rasul Yoldoshev (Ibrohim Ibragimov, 85), Lutfullo Torayev, Sanjar Qodirqulov, Nurillo Toxtasinov, Ulugbek Abdullayev (Dilshod Ahmadaliyev, 78), Abdulla Abdullayev, Shahboz Erkinov (Vladislav Nuriyev, 78).

OKMK: Valijon Rahimov, Mirgiyos Sulaymonov (Akmal Shorahmedov, 71), Igor Zonich, Bobur Yoldoshev, Murod Toshmatov, Yovan Jokich, Sanjar Tursunov (Arslonmurat Amanov, 62), Bahrom Abdurahimov (Zafar Polvonov, 84), Husniddin Gofurov (Jasur Umarov, 62), Mate Vatsadze (Shahzod Nurmatov, 62), Elguja Grigalashvili.

Ogohlantirishlar: Erkinov (21), Sulaymonov (69), Yoldoshev (72), Qodirqulov (87).

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (22-09-2020, 20:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -