» » Superliga. Metallurg songgi daqiqalarda 2 ta gol urib galabani ilib ketdi, Navbahor OKMKning maglubiyatsiz seriyasiga nuqta qoya olmadi

Superliga. Metallurg songgi daqiqalarda 2 ta gol urib galabani ilib ketdi, Navbahor OKMKning maglubiyatsiz seriyasiga nuqta qoya olmadi


Futbol boyicha Coca-Cola Superliga 12-turida OKMK 25-avgust, seshanba kuni Navbahorga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida Aziz Turgunboyev jarima maydoni tashqarisida topni toxtatdi va uni darvozabon ustidan oshirib, chiroyli golga mualliflik qildi.

Ikkinchi bolimni olmaliqliklar faol boshladi va Navbahor darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlar sodir etdi. Ayniqsa songgi daqiqalar Mirjalol Qosimov shogirdlarining kuchli bosimni ostida otdi.

Ketma-ket hujumlar hakam tomonidan qoshib berilgan vaqtda oz samarasini berdi. Burchakdan uzatilgan topni Yovan Jokich toxtatib olib, zarba berdi va top Igor Golbanga tegib darvozadan joy oldi.

Shu tariqa OKMK joriy mavsumdagi maglubiyatsiz seriyasini davom ettirdi va 28 ochko bilan 2-orinda qoldi. Navbahor (19) 6-pogonada bormoqda.

Parallel kechgan oyinda Surxon va Metallurg jamoalari ozaro bahs yuritdi. Birinchi bolim songida Aleksandr Kasyan termizliklarni oldinga olib chiqdi. Biroq bekobodliklar oyin yakunlanishi arafasida ikkita top kiritgan holda galabani ilib ketdi. Ixtiyor Toshpolatov dubl qayd etib, jamoasining galabasini taminladi.

Ushbu galabadan keyin Metallurg ochkolarini 19 yetkazib oldi va 7-orinda bormoqda. Surxon (8) 12-pogonaga tushib ketdi.

Coca-Cola Superliga

12-tur bahslari

25-avgust, seshanba

Gollar: 0:1 22 Turgunboyev, 1:1 90+2 Jokich.

OKMK: Suhrob Sultonov, Mirgiyos Sulaymonov, Sardor Rahmonov (Mate Vatsadze, 74), Bobur Yoldoshev, Murod Toshmatov, Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov (Dilshod Jorayev, 46), Sanjar Tursunov, Arslonmurat Amanov (Bahrom Abdurahimov, 46), Shahzod Nurmatov, Elguja Grigalashvili (Hojimat Erkinov, 74).

Navbahor: Otkir Yusupov, Giyos Komilov, Azim Ahmedov, Aziz Turgunboyev, Sardar Telyakov (Husayn Ergashboyev, 61), Igor Golban, Shohruh Mahmudxojiyev (Ivan Solovyov, 54), Xurshid Muxtorov, Tohirjon Shamsuddinov, Pavel Golishev, Ruslan Bolov.

Ogohlantirish: Jokich (67).

Gollar: 1:0 40 Kasyan, 1:1 89 Toshpolatov, 1:2 90+3 Toshpolatov.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (25-08-2020, 21:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
:
-
:
20 ... -