» » “Roma”ning A Seriya 1-turidagi durang natijasi bekor qilindi va jamoaga texnik mag‘lubiyat yozildi

“Roma”ning A Seriya 1-turidagi durang natijasi bekor qilindi va jamoaga texnik mag‘lubiyat yozildi


Italiya A Seriyasi chempionat 1-turidan o‘rin olgan “Verona” — “Roma” uchrashuvida (0:0) rimliklarga texnik mag‘lubiyat yozdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati ma’lum qildi.

19-sentabr kuni o‘tkazilgan uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangandi. O‘yindan keyin “Roma” futbolchilarni qaydnomaga kiritishda xatoga yo‘l qo‘ygani ma’lum bo‘ldi. Uchrashuvda qatnashgan Amadu Diavara 22 yoshdan katta bo‘lmagan o‘yinchilar ro‘yxatida ko‘rsatilgan, biroq o‘yinchi 17-iyulda 23 yoshga to‘lgandi.

Rimliklar mazkur qaror yuzasidan apellyatsiya bermoqchi. Klub mazkur xato o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatmaganini iddao qilmoqda.

Rimliklar keyingi turni 27-sentabr kuni “Yuventus”ga qarshi o‘tkazadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют