» » Franchesko Totti “Roma”ga qaytadi

Franchesko Totti “Roma”ga qaytadi


“Roma” sobiq hujumchisi Franchesko Totti rimliklar klubiga qaytishi mumkin.

Calciomercato nashrining xabar qilishicha, “Roma” biznesmen Den Fridkin qo‘liga o‘tgach, Tottining Rim klubiga qaytishi ehtimoli kuchaygan. Tomonlar oxirgi vaqtda faol muzokaralar olib bormoqda.

Franchesko tayinlanishi mumkin bo‘lgan ko‘plab lavozimlar bor, biroq asosiy variant sifatida texnik direktorlik lavozimi ko‘rilmoqda. Keyinchalik klub afsonasi vitse-prezidentlikkacha borishi mumkin. Totti texnik direktor maqomida sport departamentida muhim rolni o‘ynaydi.

Sentabr oyi oxiriga borib kelishuv imzolanishi mumkin. Oktabr oyida “Roma”ning hozirgi direktorlar kengashi o‘z ishini tugatadi.

Mavzuga doir: Italiya futboli Qiroli Franchesko Totti “Roma” bilan xayrlashdi (foto va video)

Eslatib o‘tamiz, Totti futbolchilik faoliyatini yakunlagach “Roma”da direktorlik lavozimida ishlagan. Biroq rahbariyat bilan kelisha olmay klubni tark etgandi. Keyinchalik Franchesko rahbariyat o‘zgarmas ekan klubga qadam bosmasligini ma’lum qilgandi.

Totti butun faoliyatini “Roma”da o‘tkazgan, sobiq futbolchi umrining 27 yilini shu klubga bag‘ishlagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют