» » Angliya Liga Kubogi. “Manchester Yunayted” safarda yirik hisobdagi g‘alabaga erishib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

Angliya Liga Kubogi. “Manchester Yunayted” safarda yirik hisobdagi g‘alabaga erishib, keyingi bosqichga yo‘l oldi


Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining 3-saralash bosqichi doirasida “Manchester Yunayted” 22-sentabr, seshanba kuni “Luton” maydoniga safar qildi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Xuan Mata penaltini aniq bajarib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim yakuniga yaqin zaxiradan maydonga qo‘shilgan futbolchilarning gollaridan keyin hisob yirik ko‘rinish oldi. 88-daqiqada Markus Reshford ikkinchi golni urgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan daqiqalarda Meyson Grinvud hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Shu tariqa “Manchester Yunayted” keyingi bosqichga yo‘l oldi va u yerda “Nyuport” — “Uotford” uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Shuningdek, “Vest Hem” o‘z maydonida “Hall Siti”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. “Uotford” esa safarda “Nyuport”ga yutqazib qo‘ydi.

Angliya Liga Kubogi

3-saralash bosqichi

22-sentabr, seshanba

Gollar: 0:1 – 44, penalti Mata, 0:2 – 88 Reshford, 0:3 – 90+2 Grinvud.

“Luton”: Shi, Bredli, Norrington-Devis, Kioso, Lokyer, Klark (Kornik, 76), Tannikliff, Lua-Lua, Monkur (Li, 76), Shinni, Hilton.

“Manchester Yunayted”: Henderson, Maguayr, Uan-Bissaka, Bayi, Uilyams, van de Bek (Brunu Fernandesh, 78), Fred, Mata (Grinvud, 78), Lingard, Matich, Igalo (Reshford, 79).

Ogohlantirishlar: Uilyams (57), Kioso (67), Hilton (85).

Gollar: 1:0 – 18, penalti Abrahams, 2:0 – 28 Lebedi, 2:1 – 54, penalti Penyaranda, 3:1 – 65 Eymond.

Penaltilar seriyasi — 4:5

Gollar: 1:0 – 56, penalti Robson-Kanu, 1:1 – 58 Markondes, 2:1 – 66, penalti Robson-Kanu, 2:2 – 73, penalti Forss.

Gollar: 1:0 – 18 Snodgrass, 2:0 – 45 Aller, 3:0 – 56, penalti Yarmolenko, 3:1 – 70 Uilks, 4:1 – 90 Aller, 5:1 – 90 Yarmolenko.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 06:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют