» » Putin BMTga sanksiyalarni bekor qilishni taklif etdi

Putin BMTga sanksiyalarni bekor qilishni taklif etdi


Rossiya prezident Vladimir Putin dunyo iqtisodiyotini “legitim bo‘lmagan sanksiyalardan” ozod qilishga chaqirdi. U bu haqda 22-sentabr kuni BMT bosh assambleyasidagi nutqi davomida gapirgan.

Putin BMT bosh assambleyasida 2015-yildan beri ilk bora nutq so‘zlamoqda.

Shuningdek, Putin jahon iqtisodiyotining koronavirus inqirozidan keyin o‘ziga kelishiga uzoq vaqt talab etilishi va ishsizlik darajasi keskin o‘sishi mumkinligini taxmin qilgan. Rossiya prezidenti noqonuniy sanksiyalarni bekor qilish lozimligini qayd etgan, biroq mazkur cheklovlarning kimlarga nisbatan va nima uchun qo‘llanilganini aniqlik kiritmagan.

Putin mamlakatlar o‘rtasida birdamlik yo‘qligi o‘zaro munosabatlar chigalligini ham alohida ta’kidlagan. “Sog‘liqni saqlash tizimida ham iqtisodiyotdagi kabi cheklovlarni bekor qilish zarur”, – degan Putin.

Rossiya prezidenti mamlakatning sog‘liqni saqlash sohasida, xususan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda ko‘plab davlatlarga yordam berayotganini e’tirof qilgan.

“Rossiyalik shifokorlar to‘plagan bilim hamda klinik malaka “Sputnik V” vaksinasini birinchi bo‘lib ishlab chiqish va ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘mak berdi. Vaksina ishonchli, xavfsiz va samarali”, – deya ta’kidlagan Putin.

Putin BMT tizimida ishlovchi xodimlarga Rossiya vaksinasini beg‘araz yetkazib berishni taklif qilgan. “Rossiya BMTga zarur yordamni berishga va tashkilot xodimlarini elash uchun vaksinani beg‘araz yetkazib berishga tayyor”, – deya qo‘shimcha qilgan u.

Bundan tashqari, Putin koinotda qurollarni sinashni to‘xtatish va strategik hujum qurollarini cheklash borasidagi kelishuvni qayta tiklashni ham taklif etgan. Uning fikricha, AQSh mazkur bitim shartlarining buzilishida asosiy aybdorlardan biri. Rossiya “koinotga qurol chiqarish bo‘yicha yuridik majburiyatlar yuklaydigan xalqaro hujjat” imzolash tashabbusini bildiradi.

Rossiya prezident nutqi so‘ngida koronavirus pandemiyasi yakunlanganidan keyin BMT xavfsizlik kengashiga a’zo besh mamlakat vakillari bilan uchrashuv o‘tkazish hamda xavfsizlik borasida umumiy kelishuv imzolashni va’da qildi. Putin BMT va tashkilot huzuridagi xavfsizlik kengashining faoliyatiga ijobiy baho berdi. Xavfsizlik kengashining Ikkinchi jahon urushida g‘olib chiqqan yadro quroliga ega besh davlatlarga nisbatan veto qo‘yganini olqishladi. Xavfsizlik kengashidagi veto huquqi nizolarning oldini olishda qo‘l kelishini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp BMTdan Xitoyga nisbatan sanksiyalar qo‘llashni so‘ragandi. AQSh yetakchisi koronavirus infeksiyasining butun dunyoga tarqalib ketishida Xitoyni ayblagan. U BMT bosh assambleyasi vaqtida ham ushbu fikrini o‘zgartirmayapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 08:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют