» » Rasman: Alvaro Morata “Yuventus”ga qaytdi

Rasman: Alvaro Morata “Yuventus”ga qaytdi


“Atletiko” hujumchisi Alvaro Morata “Yuventus”ga qaytdi. Bu haqda turinliklar matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Yuventus” 27 yoshli futbolchini bir mavsumga ijaraga olgan va shartnomada ijara muddatini yana bir yilga uzaytirish bandi ham bor. Shuningdek, turinliklarda Moratani sotib olish huquqi ham bo‘ladi.

“Yuventus” ijara uchun 10 million yevro sarfladi. Klub Alvaroni sotib olishni istasa, kelasi mavsum oxirigacha 45 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Bu miqdor uch yil davomida to‘lab beriladi.

Ijara shartnomasini uzaytirish “Yuventus”ga yana o‘n millionga tushadi, sotib olish uchun belgilangan keyingi narx esa 35 millionni tashkil qiladi.

Avvalroq Morata italiyaliklar safida yiliga 7,5 million yevro maosh olishi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Morata 2014—2016-yillar mobaynida “Yuventus”da to‘p surgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют