» » “Yuventus” amerikalik futbolchi transferini e’lon qildi

“Yuventus” amerikalik futbolchi transferini e’lon qildi


“Shalke-04” yarim himoyachisi Ueston Makkenni “Yuventus”ga ijara asosida ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Turin klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, “Yuventus” futbolchining ijarasi uchun 4,5 million yevro to‘laydi. Yarim himoyachi jamoada ma’lum natijalarga erishgan taqdirda esa klub uni 18,5 million yevroga sotib olishga majbur bo‘ladi. Bundan tashqari, “Yuventus” shartnoma muddati davomida futbolchining sport muvaffaqiyatlariga erishishiga qarab, “Shalke-04”ga 7 million yevrogacha bonus to‘lashi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2019/2020-yilgi mavsumda Makkenni “Shalke-04” safida 38 uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol urdi.

Qayd etish joiz, futbolchiga “Liverpul”, “Everton”, “Nyukasl” va “Vulverhempton” klublari ham qiziqish bildirgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют