» » Avstraliyalik olimlar baliqlarni meduzaga almashtirishni taklif etmoqda

Avstraliyalik olimlar baliqlarni meduzaga almashtirishni taklif etmoqda


Avstraliyadagi Kvinslend universiteti olimlari insonlar hozirda yo‘qolib ketish xavfi ostidagi 92 va kritik holatda bo‘lgan 11 tur baliqlar bilan oziqlanmoqda. Mutaxassislar ushbu turdagi baliqlarni “tinch qo‘yishni”ni taklif etib, meduzalarga e’tibor qaratishni so‘ramoqda, deb yozadi Phys.org.

Dastlab “meduzali menyu”ni fastfudlarga joriy etib ko‘rish mumkin.

“Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan fillar yoki tog‘ gorillalarini yeyish fikri kelmaydi-ku”, — deydi olimlar. Ularning fikricha, baliqlarga ham xuddi shu kabi munosabatda bo‘lish kerak.

Endilikda avstraliyalik tadqiqotchilar yo‘qolib ketish xavfi ostidagi bo‘lgan turlarni tutish va iste’mol qilishni taqiqlovchi yoki bu kabi mahsulotlarni markitovka qiladigan maxsus qonunning qabul qilinishiga erishish niyatida.

Shuningdek, olimlar odamlarga butunlay yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan har qanday turlarni iste’mol qilishdan voz kechishni taklif qilmoqda. Masalan, “dengiz quloqlari” deb ataluvchi mollyuskalar yoki midiyalardan.

Avvalroq og‘maxon yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlar qatoriga kiritilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Dunyoda yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan torg‘oq qushi O‘zbekistonga uchib keldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют