» » Avstraliyada qora delfinlarni qutqarish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyalar boshlandi

Avstraliyada qora delfinlarni qutqarish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyalar boshlandi


Avstraliyaning Tasmaniya shtati Stran shaharchasida sohilga chiqib qolgan yuzlab qora delfinlarni (grindlar) qutqarish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyalar o‘tkazila boshlandi. Bu haqda CNN telekanali xabar qildi.

Tasmaniya dengiz hayvonlarini asrash dasturi vakillari Stran yaqinidagi sohilga 270 ga yaqin grindlar chiqib qolganini bildirgan. Dastur ishtirokchilari qutqaruv operatsiyasini boshlab yuborgan. Biolog Kris Kalyon sohilga chiqib qolgan delfinlarning chorak qismi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dengiz hayvonlari delfinlar avval ham sohilga chiqib qolgan, ammo bu safargi vaziyat olimlar hali tajribada duch kelmagan og‘ir holatni yuzaga keltirgan.

Qutqaruv operatsiyalarida 60 ga yaqin kishi – ko‘ngillilar, politsiyachilar, mahalliy baliqchilik xo‘jaliklarining xodimlari, shuningdek, Tasmaniya yovvoyi tabiatni asrash va xiyobonlar xavfsizligi xizmati vakillari ishtirok etmoqda. Grindlarni qutqarish ishlariga bir necha kun ketishi mumkin, ammo ekspertlar delfinlarning buncha uzoq davr quruqlikda qolishi mushkul ekanini qayd etgan. Hozircha delfinlarning o‘zini qirg‘oqqa otishiga nima sabab bo‘lgani borasida aniq ma’lumotlar mavjud emas, deyiladi CNN xabarida.

Qutqaruvchilar duch kelgan yana bir muammo halok bo‘lgan delfinlarning jasadlari. Kalyonning aytishicha, odatda, baliqlarning tanasi qirg‘oqda qoladi, biroq sohil yaqinida plyaj borligi va odamlarning u yerda hordiq chiqarishi bu boradagi vaziyatni chigallashtirmoqda. Ayni vaqtda hodisa sodir bo‘lgan sohil dam oluvchilar uchun yopib qo‘yilgan.

Tasmaniya – delfinlar o‘zini o‘zi qirg‘oqqa otib halok qiladigan Avstraliyadagi yagona shtat, shuningdek, bu yerda boshqa dengiz jonivorlari ham sohilga chiqib qolib nobud bo‘ladi. Avstraliya xomashyo sohalari, parklar, suv resurslari va atrof-muhit departamenti axboroti bo‘yicha, bu kabi holatlar to‘da bo‘lib hayot kechiruvchi suv hayvonlarida uchraydi. Grindlardan tashqari kashalotlar va delfinlarning boshqa bir turi—  afalinalarda ham ommaviy ravishda o‘z joniga suiqasd qilish holatlari kuzatiladi.

Mavzuga doir: Avstraliyadagi delfin odamlarni sog‘indi. U odamlarga sovg‘alar olib kela boshladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют