» » Angliyada eng tor uy sotuvga qo‘yildi. U faqat tashqaridan kichkina ko‘rinadi, uyning ichida adashib qolish mumkin (foto)

Angliyada eng tor uy sotuvga qo‘yildi. U faqat tashqaridan kichkina ko‘rinadi, uyning ichida adashib qolish mumkin (foto)


Londonda eni 1,8 metr keladigan eng tor uy sotuvga qo‘yildi. Bu boradagi tegishli e’lon ko‘chmas mulk savdosi bilan shug‘ullanuvchi agentlik saytiga joylashtirilgan.

“Noyob, chiroyli, zamonaviy va Angliyadagi eng tor uy. Bu shunchaki uydan ko‘ra, ko‘proq narsa”, — deyiladi e’lon ostidagi izohda.

Uyning maydoni 96 kvadrat metrga teng. Sotuvchi mazkur uy uchun 950 ming yevro so‘ramoqda. Besh qavatli uyda ikkita yotoqxona, bitta vanna, ikkita mehmonxona va tomida terrasa bor. U London g‘arbidagi ikkita boshqa bino o‘rtasida joylashgan.

Mavzuga doir: Taniqli shaxslarga tegishli eng qimmatbaho uylar (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют