» » Germaniya saudiyalik harbiylarni o‘z hududida o‘qitishi ma’lum qilindi

Germaniya saudiyalik harbiylarni o‘z hududida o‘qitishi ma’lum qilindi


Germaniya Saudiya Arabistonining terrorchilikka qarshi kurashida ko‘maklashadi va mamlakat harbiylarini o‘z hududida o‘qitadi. Bu haqda Saudiyada tashrif bilan bo‘lib turgan Germaniya kansleri Angela Merkel ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

“Saudiya Arabistoni mintaqadagi muhim davlat va IShIDga qarshi kurashayotgan koalitsiyaning uzviy bir qismi hisoblanadi. Biz bu mamlakat chegaralari himoyalangan, Saudiya armiyasi esa jangarilarga qarshi kurash uchun yaxshi tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishidan manfaatdormiz. Shu sababli turli yo‘nalishlar, jumladan, harbiy xizmatchilar, chegarachilar va ayol politsiyachilarni Germaniyada o‘qitish masalasida kelgusida hamkorlik qilamiz”, — deya ta’kidladi Angela Merkel. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Saudiya Arabistoni rasmiylari Merkel “barcha saudiyalik ayollar uchun o‘rnak” hisoblanishini aytgandi. 

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют